Boş prokuratura huzuridagi Departament maʼlumotiga köra, tezkor tadbir uning Zangiota tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan.
Maʼlum qilinişiça, uç nafar fuqaro özaro til biriktirib, S.C. MÇJ rahbari M.N.ga göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali Içki işlar vazirligiga qaraşli törtta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida rekonstruksiya va quriliş işlarini olib berişni vaʼda qilgan.
Ular umumiy qiymati 60 mlrd sömlik uşbu işlarni olib beriş uçun tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgani bildirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi - firibgarlik hamda 28 va 211-moddalari - pora berişda iştirokçilik böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.












