«Real» yarimhimoyaçisi Luka Modriç klubning şartnomani uzaytiriş borasidagi birinçi taklifiga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda Telemadrid.

Xabarda aytilişiça, Modriç şu yilning özida köplab şaxsiy sovrinlarga ega bölgani, xususan UYeFA tomonidan Yevropada 2017/18 mavsumining eng yaxşi futbolçisi deb topilgani, FIFAning «Yil futbolçisi» va France Football tasnifidagi «Oltin töp»ni qölga kiritganini hisobga olib, «Real»da kamida Serxio Ramosning maoşi darajasida haq olişni istamoqda va moliyaviy jihatdan yaxşiroq taklif kutmoqda.

Şu bilan birga, JÇ-2018 finalçisi 2020 yilgaça möljallangan joriy şartnomasi muddatini uzaytirmoqçi emas, bitimni yangilaş orqali faqat maoşi oşirilişiga erişmoqçi.

Havbekning amaldagi şartnomasi muddati 2020 yil yozigaça möljallangan. Joriy yil yozda unga «Inter»dan jiddiy qiziqiş bölgan, ammo, manbaga köra, Luka «qaymoqranglilar» bilan yanada manfaatli yangi bitim imzolaşni közlab, Madridda qolgan.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, «Real» xorvatiyalik futbolçisini 2019 yil yozida «Inter»ga sotib yuborişi mumkin. Milanliklar futbolçiga yiliga 10 million yevro miqdoridagi maoş va'da qilişgan.

Eslatib ötamiz, şu hafta Modriç karerasini aynan «Real»da yakunlaşni istayotgani haqida aytgan edi. Keça esa navbatdagi şaxsiy sovrinini qölga kiritdi – Bolqon yarimorolida yilning eng yaxşi sportçisi böldi.