Magnitogorskdagi uyda gaz portlagan joydagi vayronalar ostidan qutqaruvçilar beşinçi qurbonning jasadini olib çiqişdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVVga asosan xabar bermoqda.

«Yana bir halok bölgan fuqaroning jasadi vayronalar ostidan olib çiqildi», - deya xabar berişgan FVV matbuot xizmatidan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin gaz portlaşi oqibatida turar-joy binosining yölagi qulagan Magnitogorsk şahriga uçib keldi. Prezident operativ ştabda ötkazilgan yiğilişda iştirok etdi va ba'zi jabrlanganlar bilan uçraşdi.

Putinning ta'kidlaşiça, Rossiya Tergov qömitasi suriştiruv işlarining keyingi bosqiçi uçun mas'ul hisoblanadi.

«Bugun halok bölganlar, jabrlanganlar haqida eslaş kerak, ularga qalban hamdardlik bildiriş zarur. Sababi bu bizning xalqimiz xarakteriga xos», - dedi Vladimir Putin.

Rossiyaning «Birinçi kanali» 31 dekabrga möljallangan efir jadvalini Magnitogorskda yuz bergan portlaş tufayli özgartirdi. Bu haqda maxsus yangiliklar boşlovçisi xabar berdi.

Moskva vaqti bilan soat 21:00da «Vremya» dasturi efirga çiqdi, unda Magnitogorskda yuz bergan voqea haqida sönggi xabarlar berildi. Hodisadan avval keçki yangiliklar teledasturda bölmagandi.

«Vremya» an'anaviy «Taqdir hazili yoki quşday yengil böling» filmini bir muddatga töxtatib qöydi. Efir dasturining qolgan qismi özgarmagan. 

Eslatib ötamiz, 31 dekabr kuni ertalab soat 4da Magnitogorskda maişiy gaz portlaşi oqibatida ön qavatli uyning pod'yezdlaridan biri qulab tuşgan. FVVning sönggi xabariga köra, portlaş natijasida beş kişi halok bölgan, beş kişi kasalxonaga yotqizilgan, 35 kişining taqdiri noma'lum.