Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, Magnitogorsk şahrida turar-joy binosi qulaşi natijasida qurbon bölganlar orasida 2019 yilning 1 yanvar kuni ertalab holatida Özbekiston fuqarolari yöq.
TIV xabarida aytilişiça, 31 dekabr ertalab sodir bölgan Magnitogorsk fojiasi böyiça vaziyatni Boş konsulxona jiddiy nazoratga olgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda halok bölganlar soni ortgani xabar berilgandi.
Magnitogorskdagi uyda gaz portlaşi va şundan söng yölakning qulaşi oqibatida halok bölgan yana ikki kişining jasadi vayronalar ostidan çiqarib olindi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Magnitogorskda yana ikki kişining jasadi çiqarib olindi. Hozirda halok bölganlarning soni yetti nafarni taşkil etadi», - deya ma'lum qilişgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatidan.








