Magnitogorskda yönalişli taksi köçada portlab ketdi. Versiyalardan biriga köra, bu kuni keça portlaş yuz bergan uy voqeasi bilan boğliq, deb yozmoqda Rosbalt Çelyabinskning 74.ru portaliga asosan.
Çelyabinsk oblasti gubernatori Boris Dubrovskiyning xabar berişiça, 1 yanvar oqşomida «Gazel» yönalişli taksi portlaşi va yonib ketişi oqibatida uç kişi halok bölgan. Naşr ularni ehtimoliy jangarilar deb atab, kuç tuzilmalari vakillariga qarata öt oçgan törtinçi şaxs borligini ta'kidlagan.
«Gazel»dagi portlaş uyni portlatib yuborgan ehtimoliy terrorçilarni qölga oliş paytida sodir böldi», - deya xabar bergan 74.ru.
Uning ma'lumotlariga köra, ön qavatli uyning 3-qavatidagi kvartira Markaziy Osiyo davlatlarining biridan kelgan şaxs tomonidan ijaraga olingan. Huquqni muhofaza qiliş organlari versiyasiga köra, u şeriklari bilan savdo markaziga terrorçilik hujumini rejalaştirgan bölişi mumkin. Bildirilişiça, bu şaxs uyda portlovçi moddalar saqlagan.
Xavfsizlik kuçlari, şu jumladan, RF FXX xodimlari avtomobil portlagan joyda işlamoqda. Şaharning qator köçalari yopiq, deyiladi onlayn naşr xabarida.
Şu bilan birga, politsiyaning ma'lum qilişiça, yönalişli taksi «gaz uskunasi işlamay qolişi» sababli portlagan.
Bundan taşqari, qayd etilişiça, Magnitogorsk markazida qulagan uy vayronalari ostida portlovçi moddalar izlari topilmadi. Bu haqda RF Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning bayonotida aytilgan.
TQ fojia terakt oqibatida yuz bergani haqidagi gap-sözlarga munosabat bildirdi. Iddao etilişiça, portlovçi moddalar böyiça mutaxassislar vayronalar ostini örganib çiqdi va portlovçi moddalar izlarini topmadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda vayronalar ostidan 11 oylik çaqaloq tirik topilgandi.








