Qutqaruvçilar Magnitogorskda qulagan turar-joy binosining vayronalari ostidan 11 jasadni olib çiqişdi. Bu haqda çorşanba kuni Rossiya FVVning Çelyabinsk oblasti böyiça boş boşqarmasi xodimi fojia yuz bergan joydagi operativ ştabda jurnalistlarga xabar berdi.

«11 jasad çiqarib olindi», - dedi u. Avvalroq, vayronalar ostida töqqiz kişining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. Magnitogorskdagi fojia oqibatida halok bölgan 11 kişidan bir nafari - yoş bola.

«11 kişi, jumladan, bir nafar yoş bola halok böldi», - degan agentlik suhbatdoşi. 30 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.

FVVning oblast böyiça boş boşqarmasi xodimi sözlariga köra, tunda vayronalarni tozalaş işlari töxtatildi, qutqaruvçilar osilib turgan konstruksiyalarni olib taşlaşdi. «Hozir balandlikdagi işlar töxtatildi va pastda vayronalarni tozalaş davom etmoqda», - dedi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda yönalişli taksidan uç kişining jasadi topilgani, tergov uydagi portlaş terakt emasligini bildirayotgani xabar qilingandi.