Jahon | 08:49 / 02.01.2019
25671
2 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskda yo‘nalishli taksidan uch kishining jasadi topildi. Tergov uydagi portlash terakt emasligini bildirmoqda

Foto: Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Magnitogorskda yo‘nalishli taksi ko‘chada portlab ketdi. Versiyalardan biriga ko‘ra, bu kuni kecha portlash yuz bergan uy voqeasi bilan bog‘liq, deb yozmoqda Rosbalt Chelyabinskning 74.ru portaliga asosan.

Chelyabinsk oblasti gubernatori Boris Dubrovskiyning xabar berishicha, 1 yanvar oqshomida «Gazel» yo‘nalishli taksi portlashi va yonib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. Nashr ularni ehtimoliy jangarilar deb atab, kuch tuzilmalari vakillariga qarata o‘t ochgan to‘rtinchi shaxs borligini ta'kidlagan.

«Gazel»dagi portlash uyni portlatib yuborgan ehtimoliy terrorchilarni qo‘lga olish paytida sodir bo‘ldi», - deya xabar bergan 74.ru.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, o‘n qavatli uyning 3-qavatidagi kvartira Markaziy Osiyo davlatlarining biridan kelgan shaxs tomonidan ijaraga olingan. Huquqni muhofaza qilish organlari versiyasiga ko‘ra, u sheriklari bilan savdo markaziga terrorchilik hujumini rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. Bildirilishicha, bu shaxs uyda portlovchi moddalar saqlagan.

Xavfsizlik kuchlari, shu jumladan, RF FXX xodimlari avtomobil portlagan joyda ishlamoqda. Shaharning qator ko‘chalari yopiq, deyiladi onlayn nashr xabarida.

Shu bilan birga, politsiyaning ma'lum qilishicha, yo‘nalishli taksi «gaz uskunasi ishlamay qolishi» sababli portlagan.

Bundan tashqari, qayd etilishicha, Magnitogorsk markazida qulagan uy vayronalari ostida portlovchi moddalar izlari topilmadi. Bu haqda RF Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning bayonotida aytilgan.

TQ fojia terakt oqibatida yuz bergani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Iddao etilishicha, portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar vayronalar ostini o‘rganib chiqdi va portlovchi moddalar izlarini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda vayronalar ostidan 11 oylik chaqaloq tirik topilgandi.

 

Mavzuga oid