Magnitogorsk şahrida qisman qulagan uy vayronalari ostidan qutqaruvçilar bir erkak va ikki ayol kişining jasadini çiqarib olişdi. Fojia qurbonlarining umumiy soni hozirgi vaqtda 36 kişini taşkil etmoqda. Bu haqda TASS Rossiya FVV matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi.

«Ikki ayol va bir erkak kişining jasadi çiqarib olindi. Halok bölganlar - 36 nafar», - deya xabar berişgan matbuot xizmatidan.

Ayni paytda yana beş kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.

Çorşanba, 2 yanvar kuni keçqurun qutqaruvçilar 33-qurbon jasadini vayronalar ostidan çiqarib olişdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda yönalişli taksidan uç kişining jasadi topilgani, tergov uydagi portlaş terakt emasligini bildirayotgani xabar qilingandi.