AQŞ armiyasining iste'fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Fox News telekanali efirida AQŞ qöşinlarining Suriyadan olib çiqilişi göyoki Rossiyani bu mintaqadagi ittifoqdoşlari bilan nizoga borişiga olib keladigan “ayyor qadam” deb atadi. 

Makgregorning fikriça, Rossiya uzoq vaqtdan beri Turkiya, Eron va suriyalik isyonçilar bilan munosabatlarni örnatib kelgan, AQŞ qöşinlarining olib çiqilişi esa unga uşbu tomonlar örtasida tanlov qilişga majbur qiladi. 

“Biz Şimoliy Suriyadan iloji boriça tezroq ketişimiz kerak, çunki u yerda kurdlarga hujum qilişga tayyor bölgan ön minglab turk askarlari bor. Biz Suriya hukumatini bu hududga kirişga majbur qildik, endi esa özimiz ketmoqdamiz. Rossiya tanlov qilişiga töğri keladi. Agar u Turkiyani Suriya hududiga qöysa, unda suriyaliklar va eronliklarga ta'sirini yöqotadi”, deb hisoblamoqda sobiq harbiy.  

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ Suriyadan qöşinlarini olib çiqişi bilan “turli şeriklarni birlaştiruvçi omilni yöqqa çiqardi”.

“Ruslar, turklar va eronliklarning hamkorlik qilişi uçun endi heç qanday sabab yöq va bu yaxşi”, deb ta'kidlab ötgan Makgregor.

Suriyada AQŞning 2 mingga yaqin harbiysi bölgan. Ular “Suriya demokratik kuçlari” bilan birga Suriyaning tabiiy zaxiralarga boy şarqi va şimoli-şarqidagi hududlarni nazorat qilişgan.