“Özbekenergo” AJ boşqaruvi raisi U.Mustafoyev hamda Rossiyaning «Siloviye maşini» OAJ kompaniyasi boş direktori T. Lipanov boşçiligidagi delegatsiya örtasida uçraşuv bölib ötdi. Bu haqda  “Özbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lumki, prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi «Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasida energobloklarni bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoyişi hamda Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegişli qaroriga muvofiq, 2018 – 2021 yillarda  Sirdaryo IESi 6 ta energoblogini modernizatsiya qiliş belgilangan. 

Muloqotda “Özbekenergo” AJ boşqaruv raisi U. Mustafoyev barça sohalar qatori elektr energiya sohasida ham Özbekiston va Rossiya örtasidagi hamkorlik izçil rivojlanib borayotganini e'tirof etdi. Jumladan, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2018 yil 3 noyabrdagi “Özbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi örtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorlariga köra, elektr energiyasi sohasidagi loyihalarni öz vaqtida amalga oşirilişi çora-tadbirlari nazoratga olingan.

– Sirdaryo IESda 6 ta energoblok modernizatsiya qilinişi evaziga ularning iş samaradorligini oşiriş, har bir energoblokning örnatilgan quvvatini 300 MVt.dan 325 MVt.ga va amaldagi quvvatlarini 250 MVt.dan 325 MVtga köpaytiriş, yoqilğining soliştirma sarfini har bir kVt. uçun 35-40 gr.ga kamaytiriş va buning natijasida tabiiy gazni tejaş közda tutilgan, – deydi «Siloviye maşini» OAJ kompaniyasi Boş direktori T. Lipanov. – Şu bilan bir qatorda, modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davrini kamida yana 20 yilga oşirişga erişiladi.

Muloqotda közda tutilgan loyihalar ijrosini qisqa muddatlarda ta'minlaş hamda özaro hamkorlikni yanada kengaytirişning istiqbolli yönalişlari muhokama etildi.