Hindiston terma jamoasi yetakçisi Sunil Çhetri 2019 yilgi Osiyo Kubogining guruh bosqiçi birinçi turida Tailand darvozasiga 2ta gol urdi.
Hindistonliklarning 4:1 hisobidagi yirik ğalabasida dubl qayd etgan 34 yoşli futbolçi terma jamoada urilgan gollari sonini 67taga yetkazdi va bu borada argentinalik Lionel Messini (65 gol) ortda qoldirdi. U endi faqat Portugaliya terma jamoasi yetakçisi Kriştianu Ronalduni (85 gol) ta'qib qilmoqda.
Kelib çiqişiga köra nepalliklar oilasida tuğilgan Sunil Çhetri futbolçilik faoliyatini 2002 yilda, 18 yoşida boşlagan va dastlab Kalkuttaning «Mohun Bagan» klubi bilan şartnoma imzolagan. Şundan buyon turli yillarda «JGT», «Ist Bengal», «Dempo», «Kanzas Siti Uizards», «Sporting B», «Çyorçill Brazers», «Bengaluru», «Mumbai Siti» kabi klublarda faoliyat körsatgan.
U Hindiston terma jamoasi safida 2005 yilda Pokiston terma jamoasiga qarşi öyinda debyut qilgan, ötgan vaqt davomida milliy terma libosida 97 uçraşuvda maydonga tuşgandi.









