Aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgregorning Twitter'da yozişiça, yaponiyalik kikboksçi Tensin Natsukava bilan körgazmali jang ötkaziş istagida.

Sportçi ma'lum qilişiça, boksçi Floyd Meyvezerning sönggi raqibi bilan aralaş yakkakuraşlar qoidalari böyiça uçraşişni xohlaydi. U bahsni 2019 yilning yozida ötkazişni möljallamoqda. «Iltimos, buni hoziroq taşkillaştiring», - deb yozgan Makgregor.

Natsukava va Meyvezer örtasida boks qoidalariga köra taşkil etilgan körgazmali jang 2018 yilning 31 dekabrida Tokio şahrida bölib ötdi. Bahs birinçi raundda yakunlandi. Amerikalik raqibini uç marta nokdaunga uçratdi, şundan söng Nasukavaning jamoasi jangni töxtatişga qaror qildi. Qarama-qarşilik natijasi sportçilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi. 

Meyvezer - tört vazn toifasida sobiq jahon çempioni. U professional ringda 50ta jang ötkazib, ularning har birida ğolib çiqqan. Boksçi özining oxirgi rasmiy jangini 2017 yil avgustida ötkazdi va öninçi raundda nokaut bilan irlandiyalik Konor Makgregorni taslim etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Meyvezer yaponiyalik kikboksçi bilan jangga tayyorgarlik körmaganini tan olgandi.