Amerikalik boksçi kiçik Floyd Meyvezerning tan olişiça, yaponiyalik kikboksçi Tensin Nasukava bilan jangga tayyorgarlik körmagan. Bu haqda BoxingScene xabar bermoqda.

«Men bu jangga tayyorgarlik körganmanmi? Yöq. Men zalga bir neça bor kirib, u yerda bölajak çempion Dakuan Meys bilan işladim. Men uni hozirdan çempion deb atayapman, sababi u meni diqqatlik bilan eşitsa va tajribani örgansa, unga aylanadi», - deya ma'lum qildi 41 yoşli Meyvezer.

31 dekabr kuni Yaponiyada kikboksçi Nasukava bilan bölib ötgan jang uçun Meyvezer töqqiz million dollar işlab oldi. Boks qoidalari böyiça ötkazilgan bahs birinçi raundda yakunlandi. Amerikalik raqibini uç marta nokdaunga uçratdi, şundan söng Nasukavaning jamoasi jangni töxtatişga qaror qildi. Qarama-qarşilik natijasi sportçilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi.

Meyvezer - tört vazn toifasida sobiq jahon çempioni. U professional ringda 50ta jang ötkazib, ularning har birida ğolib çiqqan. Boksçi özining oxirgi rasmiy jangini 2017 yil avgustida ötkazdi va öninçi raundda nokaut bilan irlandiyalik Konor Makgregorni taslim etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Makgregor Meyvezerning ğalabasiga munosabat bildirgandi.