Yaponiyalik kikboksçi Tyensin Natsukava Twitter’da avvalroq özi bilan jang ötkaziş niyatida ekanini bildirgan aralaş yönaliş (MMA) böyiça irlandiyalik jangçi Konor Makgryegorga javob qaytardi.

Sportçi özini nomini bilgani uçun Makgryegorga minnatdorçilik bildirdi. «Myen syening jang ötkaziş niyatida ekaningni eşitib, faxr tuyğusini boşimdan ötkazdim», - dyeb yozgan Natsukava. Şuningdyek, uning qöşimça qilişiça, jang kikboksing qoidalariga muvofiq, 58 kilogrammgaça bölgan vaznda taşkil etilişi mumkin.

7 yanvar kuni Konor Makgryegor yaponiyalik kikboksçi Tyensin Natsukava bilan körgazmali jang ötkaziş istagida ekanini ma'lum qilgandi. U bahsni 2019 yilning yozida ötkazişni möljallamoqda.

Natsukava va boksçi Floyd Meyvyezyer örtasida boks qoidalariga köra taşkil etilgan körgazmali jang 2018 yilning 31 dyekabrida Tokio şahrida bölib ötdi. Bahs birinçi raundda yakunlandi. Amyerikalik raqibini uç marta nokdaunga uçratdi, şundan söng Nasukavaning jamoasi jangni töxtatişga qaror qildi. Qarama-qarşilik natijasi sportçilar rasmiy statistikasida qayd etilmaydi.