Özbekiston çempioni «Lokomotiv» bugun, 9 yanvar kuni öquv-maşğulot yiğinini ötkaziş uçun BAAning Dubay şahriga jönab ketdi. «Temiryölçilar» şu mamlakatda ötayotgan Osiyo Kubogini yoritiş maqsadida yölga çiqqan Kun.uz muxbirlari bilan bir reysda amirliklarga uçib ketişdi. Parvoz oldidan jamoa hujumçisi Temurxöja Abduxoliqovga ba'zi savollar bilan yuzlandik.

Ma'lumot uçun, 27 yoşli hujumçi 2018 yil yozida, Qatarning «Al-Sayliya» klubi bilan şartnomasi yakunlanib erkin agentga aylanganidan söng «Loko» safiga qaytdi. U 2017 yil yanvarida qatarliklar bilan 1,5 yillik şartnoma imzolagan edi.

«Jamoaga mavsum örtasida keldim, bu vaqtda Çempionlar ligasidagi iştirokimizni yakunlagan, eng asosiy maqsad çempionat va kubokda muvaffaqiyat qozoniş edi. Çempionat ança qiyin böldi, «oltin oçkolar» tufayli oxirgi bosqiçda eng kuçli jamoalarga qarşi öynadik, bu biz uçun yangilik edi. Har bir öyin finalga teng böldi», – dedi Abduxoliqov.

«Yangi formatning menga yoqqan tomoni – unda markaziy uçraşuvlar köp böldi. Oxirgi önta öyin ança qiziq böldi. Ayniqsa, «Bunyodkor» bilan bahslar. Bu klubga qarşi uçta öyinda maydonga tuşdim, har uçala uçraşuv ham tomoşabop keçdi, deb öylayman.

Yangi format menga yoqdi, lekin «oltin oçkolar»ning bölişi biroz öylantirib qöydi; çunki oxirroğida keraksiz öyinlar köpayib ketdi. Quyi oltilikda qoladigan klublar bilan öynaganda yutqazsangiz ham, yutsangiz ham, farqsiz edi», – deya fikr bildirdi hujumçi.

Temurxöjaning aytişiça, ötgan mavsumlar bilan soliştirganda muxlislarning stadionlarga kelişi köpaygan va buni futbolçilar ham his etişgan. «Töğri, Toşkent şahrida emas, lekin masalan Namanganda, Buxoroda... Albatta, viloyatlarda aynan «Lokomotiv»ga qarşi öyinlarda muxlislar köp bölgani tabiiy hol», – deydi Abduxoliqov.

«Mavsum yakunlangaç, tarkibimiz 90 foizga saqlanib qoldi. Bu klublarimiz içidagi eng kuçlisi deb hisoblayman. Yangi mavsum oldidan, «Biz eng kuçli ekanimizni isbotlaşimiz kerak», degan şijoat böladi. Eng asosiy maqsad – Çempionlar ligasi», – dedi Temurxöja.

Abduxoliqov Özbekiston terma jamoasining Ektor Kuper boşçiligidagi ilk yiğiniga jalb etilgan bölsa-da, undan keyingilariga çaqirilmadi. U termadagi faoliyatidan söz oçilganda, bu haqdagi juda köplab savollarga javob beraverib çarçaganini yaşirmadi:

«7-8 yildan buyon kutaman, ammo terma jamoada doimiy ravişda töp surgan vaqtlarim deyarli bölmadi. Mening öz maqsadlarim bor; töğrisi, Osiyo Kubogi haqida deyarli öylamayapman. Mavsumoldi tayyorgarlikdagi har bir maşğulotda jiddiy şuğullanmoqçiman.