Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi çoğida dastlab Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur'on tilovat qilindi.
2016 yili Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43-sessiyasi oçiliş marosimida Şavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yonida ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş taklifi bilan çiqqan edi. Keyinçalik prezident uşbu markaz loyihasi va qurilişi bilan bir neça bor tanişdi. Uning mazmun-mohiyati, hatto, rangining qanday bölişigaça belgilab berdi. Bugungi kunda quriliş va pardozlaş işlari nihoyasiga yetkazildi.
Davlat rahbari uşbu markazda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirdi.
Markaz Imom Buxoriy va boşqa mutafakkir allomalarning bebaho ilmiy-ma'naviy merosini örganiş, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini naşr etiş, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qölyozmalarning elektron nusxalarini töplaş, ularni xalqimiz va jahon jamoatçiligiga yetkaziş bilan şuğullanadi. Bu yerda ajdodlarimizning boy merosini alohida-alohida örganiş, yetuk mutaxassislar tayyorlaş uçun barça kerakli şaroitlar yaratilgan.
Markazning birinçi qavatida muzey taşkil etilgan. Unda Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy safarlari aks etgan. Muzey markaziga «Sahihi Buxoriy» kitobining qadimiy qölyozma nusxasi qöyilgan.
Muzey bilan tanişar ekan, prezident bu joy ziyoratçilarga Imom Buxoriy haqida tasavvur, bilim berişini ta'kidladi.
«Dunyo xaritasida yana bir ilmiy markaz paydo böldi. Bu markaz mamlakatimizga ilm, baraka olib keladi. Yoşlarimizga bilim, kuç beradi. Bu yerda öqiganlar, ziyoratga kelganlar katta ma'naviyat, ma'rifat oladi», - degan Şavkat Mirziyoyev.
Markaz tomonidan 2018 yilning ötgan davrida buyuk allomalarimiz merosini örganiş, keng tarğib etiş, nufuzli xalqaro markazlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş böyiça tizimli çora-tadbirlar amalga oşirildi.
Yevropa va Şarq mamlakatlari, dunyodagi yetakçi islom tadqiqot markazlari, universitetlar bilan aloqalar örnatildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Oksford islom tadqiqotlari markazi, Kembrij universiteti, «Al-Furqon» fondi, Britaniya muzeyi, Fransiyaning Arab dunyosi instituti, Fransiya milliy kutubxonasi va boşqa ilm-fan maskanlari bilan hamkorlik yölga qöyildi.
Markaz ilmiy xodimlari tomonidan «Imom Buxoriy ta'rifi», «Alouddin Usmandiy Samarqandiy hayoti va ilmiy merosi», «Lubobul hadis asari» kabi 17ta kitob naşrga tayyorlandi.
















