Bugun, 11 yanvar kuni Samarqand şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, sessiyada taşkiliy masala körildi va Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Erkinjon Turdimovning lavozimidan «v.b.» qöşimçasi olib taşlandi va u viloyat hokimi etib rasman tasdiqlandi.
Erkinjon Turdimov 2018 yilning iyulida korrupsiya mojarosi doirasida işdan olingan Turob Jörayev örniga Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi.
Erkinjon Turdimov – 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
1991-1995 yillarda «Özsanoatqurilişbank»ning Sirdaryo filialida bölim mutaxassisi, «Özsanoatqurilişbank»ning Zarafşon bölimi pul muomalasi bölimida boş mutaxassis, bölim boşliği örinbosari, Zarafşon bölimi boşqaruvçisi bölib işlagan. 1995-1996 yillarda Zarafşon şahri hokimi bölgan. 1996 yildan 2000 yilgaça Özbekiston Milliy banki Navoiy bölimi boşqaruvçisi, 2000-2008 yillarda Navoiy viloyati Xatirçi tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2008 yilda Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari bölib faoliyat yuritgan.
2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bölib işlagan. 2016 yil dekabridan 2018 yilning yoziga qadar Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, prezidentning ötgan yilning noyabr oyida Xorazmga taşrifi vaqtida viloyat rahbari Farhod Ermanovning lavozimida «vazifasini bajaruvçi» qöşimçasi olib taşlangan edi. Dekabr oyida Jahongir Ortiqxöjayev ham Toşkentning tölaqonli hokimiga aylangandi. Ayni vaqtda viloyatlardan faqat Surxondaryoda Bahodir Pölatov hokim vazifasini bajaruvçi maqomida qolmoqda.












