Stenford universitetidagi Anesteziologiya va oğriq tadqiqotlari instituti inson his qilişi mumkin bölgan eng kuçli oğriq turlari reytingini tuzişdi.
Reytingga köra, uç şoxli nervning yalliğlanişi eng kuçli oğriq berar ekan. Bu oğriqni his qilganlar uni 10 balli şkaladan 10 ballga baholaşgan. Ayollarning aytişiça, bu oğriq tuğuruq vaqtidagi oğriqdan ham kuçliroqdir.
Keyingi öringa surunkali oğriqlar, jumladan eski jarohatlar qözğaydigan oğriqlar qöyilgan. Bu oğriqlarni bostiriş yoki nazoratga olişning imkoni yöq.
Oğriqlar reytingining 3-örniga onkologik kasalliklar va kimyoterapiya natijasida paydo böluvçi oğriqlar qöyilgan. Olimlarning tuşuntirişiça, saratonda olingan kimyoterapiyadan keyingi barqaror remissiya (kasallikning kuçsizlanişi yoki alomatlarining yöqolişi) holatida ham qöl-oyoqlarda kuçli oğriq saqlanib qoladi.








