Rossiyalik olimlarning fikriça, fazoga parvoz qiliş baxti va orbitadagi fazogirlarning iş bilan maşğul bölişi, ularning oğriqni his qiliş çegarasini özgartirişi mumkin.
"Uzoq tayyorgarlik körgan fazogir nihoyat fazo stansiyasiga uçib kelgaç, öziga xos saodatni va yuqori kayfiyatni his etadi. Şu boisdan ham, jöşqin hissiyotlar sabab uning oğriqni seziş çegarasi ham özgaradi. Keyinroq, bu jarayon fazogirning vaznsizlikka moslaşuvi davomida öz holiga qayta boşlaydi", - deb hikoya qilgan Rossiya Fanlar Akademiyasi tibbiy-biologiya muammolari ilmiy xodimi Ilya Rukavişnikov TASS agentligiga bergan intervyusida.
Hozirda, Xalqaro Fazo stansiyasida "Algometriya" (oğriqni ölçaş) tajribasi ötkazilmoqda. Bunga, fazogirlarning stansiyada yengil jarohat olişganda, biron joyini urib olişganda oğriqni his qilmasliklari töğrisidagi ta'kidlari sabab bölgan. Ular vaznsizlik holatida qon namunasi olinganda oğriqni his qilişganini aytişgan.
"Şu munosabat bilan, bir neçta tajriba ötkazişga qaror qilindi. Ular, fazoviy parvozlarda oğriqni seziş darajasini asoslaş va sönggi çegarasini baholaş tartibini tuziş uçun zarur", - deya izohlagan olim.
Mazkur tajribalar ikki xil usulda olib boriladi. Birida, keng sterjen qöl barmoğiga bosiladi, ikkinçisida yelkaga qizdiruvçi plastinka qöyiladi. Ikkala usul ham maxsus dasturiy ta'minotga ega bölib, tajribadan ötayotgan şaxsning jarohat olişiga yöl qöymaydi.
Bu tajriba ötgan yilning bahoridan boşlab ötkazilmoqda va yana ikki yillar davom etadi.
"Umuman, unda 10-15 nafarga yaqin ekipaj a'zolari qatnaşişi kerak. Öşandagina, haqiqatga mos keluvçi natijaga ega bölişimiz mumkin", -degan institut xodimi. Uning aytişiça, fazogirlar bu kabi testlardan uç marta: parvoz oldidan, parvoz vaqtida va Yerga qaytganlaridan söng ötişadi.
Olimlar, şu bilan fazoviy parvoz çoğida talab etilganda, oğriqsizlantirişning mos usulini aniqlaşadi.








