Itlar surunkali oğriqni boşdan keçirayotgan odamlarga yordam berişi mumkin. Gumboldt nomidagi Berlin universiteti tadqiqotçilari şunday xulosaga keldi.
Qayd etilişiça, hayvon mavjudligining özi oğriqni his qiliş, şuningdek, inson xatti-harakatlariga ta’sir qilişi mumkin. Tadqiqot muallifi Xaydi Mauersbergerning ta’kidlaşiça, bu yangi terapiya usullarni işlab çiqiş istiqbollarini oçadi.
Olimlar ikkita tarjiba ötkazgan — unda iştirokçilar qöllarini muzli suv idişga tiqqan. Bu vaqt ularning yonida iti yoki döstlaridan biri bölgan, ayrimlari yolğiz turgan. Yonida hayvonning bölişi intensiv oğriqni bir neça barobar kamaytirgan va stress ham kam kuzatilgan. Ikkinçi tajribada ham şartlar şunday bölgan, faqat bitta farq bor: itlar iştirokçilarning özlariniki bölmagan. Yonida hayvon bölgan inson oğriqni his qiliş effekti yana ijobiy natijani körsatgan.
Tajriba iştirokçilari şunçaki emotsional qöllab-quvvatlovçi his qilmagan, balki rostdan ham oğriqni u qadar qattiq sezmagan. «Psixologik yuklama kuçaygan va oğriq oşgan vaqtda it bilan turiş nafaqat emotsional qöllab-quvvatlovni beradi, balki jismoniy oğriqni rostdan ham kamaytiradi», — deydi Mauersberger.
Surunkali oğriqni boşdan keçiruvçi insonlar olimlar bilan öz tajribasini bölişgan va tanasidagi noqulayliklar sabab ular faol hayot tarzi hamda ijtimoiy muloqotlarga bölgan qiziqişni yöqotişlarini bildirgan.









