Turli naşrlar tomonidan tarqatilgan xabarlarga köra, Andijon viloyat IIBning qator mansabdor şaxslari hibsga olingan.
Qayd etilişiça, uşlanganlar qölida jabr körganlardan 150 nafarga yaqini hozirda rasman şikoyat qilgan.
Kun.uz uşbu holatga oydinlik kiritişni sörab, Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
«Hozirda ayrim IIB xodimlariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda», - dedi Boş prokuratura rasmiy vakili.
Uning sözlariga köra, Andijon viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boşqarmasining ayrim xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206- (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 234- (Qonunga xilof ravişda uşlab turiş yoki hibsga oliş) moddalari bilan 2018 yil 19 dekabr kuni Boş prokuratura tomonidan jinoyat işi qözğatilib, ularga qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Mazkur jinoyat işi tergovi Boş prokuraturaning öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi yurituvida.
«Bu iş yuzasidan qonuniylik ta'minlanadi», - deydi Surayyo Rahmonova.








