Har yili dunyoda millionlab odamlar yurak-qon tomir kasalliklari tufayli hayotdan köz yumadi. Erta bosqiçda diagnostika qiliş butun millat ahli uçun odatga aylanganida kasallik natijasidagi ölim körsatkiçlarini qisqartiriş mumkin bölar edi, deyiladi zdorovieinfo.ru saytida.
Kasallik borligini qanday tuşuniş mumkin?
Havo yetişmasligi, boş aylanişi, ter ajraliş jarayonining faollaşuvi va şişlar muammodan darak berişi mumkin. Biroq yurak-qon tomir kasalliklarining belgilari darhol namoyon bölmaydi. Şuning uçun asosiysi - öz vaqtida tekşiruvdan ötiş, ayniqsa xavf omili bölsa:
· diabet;
· qarindoşlarda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bölsa;
· çekiş;
· kamharakat hayot tarzi;
· yuqori xolesterin darajasi;
· yuqori qon bosimi.
Yurakni tekşiriş uçun şifokor sizni elektrokardiografiya (EKG), magnit-rezonans tomografiya (MRT) yoki exokardiografiya (UZI)ga yöllaşi mumkin. Biroq töliq diagnostika uçun buning özi yetarli emas. Ehtimol, yana fonokardiografiya, koronarografiya, rentgen, elektrofiziologik yoki radioizotop tekşiruvga borişga töğri kelar.

Yurak faoliyatini özimiz tekşirişimiz mumkinmi?
Mustaqil ravişda şifokorga murojaat qiliş vaqti kelgan yoki yöqligini biliş mumkin. Buning ikki xil yöli bor:
· Martine usuli
Bu test yurak-qon tomir tizimining umumiy holati haqida tasavvur hosil qiliş imkonini beradi.
30 soniyada 20 marta ötirib turiş, pulsni ölçaş va natijalarni yoziş kerak. Keyin 1-2 daqiqa dam oling: bu vaqt içida yurak faoliyati qayta tiklanadi va pulsni takroran ölçaşga töğri keladi. Xotirjamlik holatidagi va jismoniy maşqdan keyingi holatdagi körsatkiçlarni taqqoslang.













