Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegişli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e'lon qildi. Unda 2018 yil dekabr oyi yakunlari böyiça dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma'lumotlar bor.
Mobil internet tezligi jihatidan Özbekiston uçta pozitsiyaga tuşib ketdi va bugungi kunda 125 poğonadan 111-örinni egallab turibdi (tezlik - 9,97 Mbit/s).
Sim orqali ulanuvçi internet tezligida mamlakat uç pozitsiyaga kötarildi va endi 121 örindan 108-poğonani band etgan (tezlik - 10,11 Mbit/s).
Şu tariqa, servis 2018 yil oxirida mamlakatda internet tezligi keskin ösganini umuman sezmagan.
Islandiya mobil internet tezligi böyiça birinçi örinda qoldi (72,77 Mbit/s), Singapur - sim orqali ulanuvçi internetda (190,94 Mbit/s).
Speedtest tezlikni hisoblab çiqaradi va özining ulaniş tezligini tekşiriş uçun servisni işlatadigan foydalanuvçilardan olingan ma'lumotlarga asosan reytingni şakllantiradi.








