O‘zbekiston | 20:46 / 17.01.2019
3613
3 daqiqa o‘qiladi

Energetika tizimida Ma'lumotlarni qayta ishlash respublika yagona markazi tashkil etiladi

Foto: "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati

Toshkent shahrida “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi vitse prezidenti Li Sang Ki o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Foto: "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati

Uchrashuvda prezidentning 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ma'lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish yuzasidan “O‘zbekenergo” AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» o‘rtasida bitim imzolandi.

Foto: "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati

Joriy yilning 1 sentyabriga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma'lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.

"Markaz respublika bo‘yicha o‘rnatilgan elektron hisoblagichlardan iste'mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari va hisoblagichlarning holati to‘g‘risida ma'lumotlarni yig‘adi hamda qayta ishlaydi, – deydi “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev. – Shuningdek, qayta ishlangan ma'lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagichlarning holati bo‘yicha operatorga hisobot beradi. Bundan tashqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yo‘qotishlar miqdorini tahlil qilish va me'yoridan ortiqcha yo‘qotishlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagichga elektr ta'minoti korxonasi xabarisiz tashqi ta'sir ko‘rsatilganda operatorni xabardor qiladi".

Ta'kidlash joizki, davlat rahbarining 2018 yil 23 oktyabrdagi qaroriga muvofiq, 2021 yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste'molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkzib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi ko‘zda tutilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid