Özbekiston Respublikasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş vazirligi Facebook ma'muriyati bilan aloqa örnatişda yordam sörab, Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga murojaat qilgan. Bu haqda Kun.uz muxbiri öz manbalariga tayangan holda xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinişiça, 2018 yil dekabr oyida tegişli mazmundagi xat Taşqi işlar vazirligiga yuborilgan. 

«Uşbu masala yuzasidan mamlakatning çet eldagi elçixonalari orqali kömak körsatilmoqda», – deydi axborot manbasi. 

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiriş vazirligi vakili esa ayni paytda yirik ijtimoiy tarmoqlar – Facebook va Youtube videoxostingiga kirişda heç qanday tösiq yöqligini bildirgan. Uning aytişiça, tarmoq ma'muriyati bilan muzokaralar olib borilmoqda. 

15 yanvar kunining birinçi yarmida Özbekistonda internet uzilişlar bilan işladi, uning tezligi sezilarli darajada tuşib ketdi. Mahalliy internet-provayderlari, jumladan Turon Telecom, TPS va EVO tomonidan bu muammolar «Özbektelekom» olib borayotgan texnik işlar bilan boğliqligini ma'lum qildi. 

Şu bilan birgalikda, kunning ikkinçi yarmida internet bilan boğliq muammolar barham topib, Özbekistonda internet foydalanuvçilari Facebook ijtimoiy tarmoği va YouTube saytiga muammosiz, heç qanday vositalarsiz, töğridan-töğri kirişni boşlaşdi.

Şuningdek, endi BBC Uzbek, «Ozodlik», «Fergana.ru» va «Amerika Ovozi» kabi saytlarga kirişda ham avvalgidek VPN’ga hojat bölmayapti. Şundan söng, yana vaziyat eski holatiga qaytdi va barça «tösiqlar» qaytadan paydo böldi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2018 yilning sentabr oyi boşida Facebook’dan foydalanişda muammolar yuzaga kelgandi, oktabr oyidan esa YouTube portaliga ham yordamçi vositalarsiz kirib bölmay qolgandi.

Mobil internet tezligi jihatidan Özbekiston uçta pozitsiyaga tuşib ketdi va bugungi kunda 125 poğonadan 111-örinni egallab turibdi (tezlik - 9,97 Mbit/s).