Ispaniya çempionatining 20-turida «Real» turnir jadvalidagi töğridan-töğri raqobatçisi «Sevilya»ni qabul qildi. Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyinda hisob 78-daqiqada Kazemironing jarima maydoni taşqarisidan bergan zarbasi bilan oçildi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Luka Modriç «Real»ning ğalabasini mustahkamladi.

Bu ğalaba «Qirollik klubi» uçun Primerada qatorasiga ikkinçi öyindagi ğalaba böldi.

Endilikda «Real» oçkolari sonini 36taga yetkazdi va turnir jadvalida «Sevilya»ni (33) quvib ötib, uçinçi öringa kötarildi.

Keyingi turda «Real» «Espanol» mehmoni böladi. Öyin 27 yanvarga belgilangan. «Sevilya» 26 yanvar kuni «Levante»ni qabul qiladi.

«Atletiko» esa bu turda «Ueska» maydoniga safar qilib, 3:0 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Öyinning birinçi bölimida Kokening uzatmasidan keyin Lukas-Fransua Ernandes hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda madridliklar klubi safida Santyago Aryas va Koke bittadan gol urişdi, ikki golga ham Antuan Grizmann hammualliflik qildi.

Endilikda «Atletiko» 41 oçko töplagan holda çempionat turnir jadvalida ikkinçi örinni mustahkamladi, Simeone şogirdlari endi peşqadam «Barselona»ni 2 oçkolik farq bilan ta'qib etmoqda. Kataloniyaliklar 20-tur öyinini bugun «Leganes»ga qarşi ötkazadi. «Ueska» 11 oçkosi bilan 20-örinda qolmoqda.

Keyingi turda «Atletiko» «Xetafe»ni qabul qiladi, «Ueska» «Real Sosedad» mehmoni böladi, bu öyinlar mos ravişda 26 va 27 yanvar kunlari ötkaziladi.

Bu turda «Selta» «Valensiya»ni qabul qilib, 1:2 hisobida mağlub böldi.

«Selta» himoyaçisi Nestor Arauxo 40-daqiqada Brays Mendesning pasidan keyin hisobni oçgandi. Ikkinçi bölim örtalarida «Valensiya» hujumçisi Ferran Torres hisobni tenglaştirdi, 84-daqiqada Rodrigo «körşapalaklar» jamoasiga ğalaba keltirgan golni urdi.

Endilikda «Valensiya» 26 oçko töplagan holda Ispaniya çempionati turnir jadvalida 7-öringa kötarilgan, «Selta» 21 oçko bilan — 17-örinda qolgan.

Ispaniya çempionati
20-tur
Real Madrid – Sevilya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 78 Kazemiro, 2:0 – 90 Modriç.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon, Modriç, Kazemiro, Sebalos (Valverde, 88), Vaskes (Isko, 77), Benzema, Vinisius Junior.
Sevilya – Vatslik, Navas, Karrisu, Ker, Gomes, Eskudero (Salvaterra, 86), Sarabiya, Banega, Vaskes, Ben-Yyedder (Promes, 71), Andre Silva (Munir, 75).
Ogohlantirişlar: Karrisu (30), Banega (54), Kazemiro (61), Sebalos (65), Ker (85).

Ueska – Atletiko 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 31 Lyuka Ernandes, 0:2 – 52 Aryas, 0:3 – 71 Koke.
Ueska – Santamariya, Miramon, Insua, Eçeyta, Pulido, Musto (Errera, 70), Ernandes (Aleks Galyar, 61), Rivera (Avila, 53), Gomes, Ferreyro, Galego.
Atletiko – Oblak, Aryas, Ximenes, Godin, Lyuka Ernandes (Montero, 86), Lemar (Xoakin Munos, 90), Parti, Rodri Ernandes, Koke (Molexo, 72), Grizmann, Korrea.
Ogohlantirişlar: Eçeyta (24), Ximenes (62), Korrea (64), Galego (68).

Selta – Valensiya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 40 Arauxo, 1:1 – 71 Ferran Torres, 1:2 – 84 Rodrigo.
Selta – Blanko, Malo, Ronkalya, Arauxo, Junka, Lobotka (Beltran, 89), Xosabed, Bufal (Mor, 71), Brais Mendes, Sisto (Yulsager, 82), Maksi Gomes.
Valensiya – Neto, Piççini, Garay, Gabriel, Gayya, Soler (Ferran Torres, 61), Parexo, Koklen (Vass, 79), Çeryşev (Gameyro, 61), Santi Mina, Rodrigo.
Ogohlantirişlar: Xosabed (11), Soler (42), Gabriel (42), Brais Mendes (58), Malo (76), Ferran Torres (80), Ronkalya (90).