Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şerikçiligini rivojlantiriş agentligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) tomonidan taşkil etilgan «Energetika va transport sohasidagi Davlat-xususiy şerikçiligi (DXŞ)» mavzusidagi davra suhbati bölib ötdi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maslahatçisi Remir Mukumov, IFC’ning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Hoşimov, Yevropa va Markaziy Osiyoda DXŞ maslahat xizmatlari menejyeri Georgi Petrov va Şveytsariya elçixonasining vakili tadbirda sözga çiqişdi. 

Davra suhbatida davlat va xususiy sektor hamkorligining mexanizmlari va investitsiya vositalariga asoslangan holda energetika va transport sohasiga investitsiyalarni jalb qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi. Mahalliy mutaxassislar havo transporti, yöllar va energiya sohasida DXŞ loyihalarini rejalaştiriş va amalga oşirişda jahon tajribasining eng yaxşi misollari bilan tanişiş imkoniga ega böldilar. Buning uçun huquqiy asoslar, turli xil loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş sohasida keng tajribaga ega bölgan mutaxassislar taklif etilgan.

Umumiy rivojlaniş strategiyasining bir qismi sifatida, Özbekiston xususiy sektorning davlatni rivojlantirişda DXŞ mexanizmidan foydalaniş orqali iştirokini kengaytiriş uçun juda köp iş olib boradi. Infratuzilma investitsiyalari va xavflarni taqsimlaş uçun kapitalni jalb qiliş kabi muhim jihatlardan taşqari, DXŞlar innovatsiyalarni rivojlantiriş, iş örinlari yaratiş va iqtisodiy ösişni ta'minlaşga yordam beradi. Şu sababli, köplab davlatlar DXŞni özlarining rivojlaniş strategiyasining asosiy elementlaridan biri deb hisoblaşadi.

Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga köra, uşbu tadbir IFC’ning Özbekiston hukumati tomonidan iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oşirişga qaratilgan islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyatining bir qismidir. 

Bildirilişiça, tranzaksion maslahatçi sifatida IFC Özbekiston hukumati uçun 100 megavattli quyoş elektr stansiyasini moliyalaş, quriş va boşqariş uçun xususiy sektor tajribasi va sarmoyasini jalb qiliş uçun DXŞ loyihasini tuzişga yordam beradi. 

IFC, şuningdek, mamlakat böylab dializ markazlarini moliyalaştiriş, jihozlaş, saqlaş va faoliyat yuritiş uçun xususiy investorlarni jalb qiliş uçun DXŞ loyihasi böyiça maslahatlar beradi.