«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, JBIC boşçiligidagi moliyaviy paket Özbekistonda qayta tiklanadigan energetika loyihalarini jadal amalga oşirişga qaratilgan. Nikkei Asia naşrining yozişiça, loyihada Yaponiyaning Sumitomo Corp., Chubu Electric Power va Shikoku Electric Power kompaniyalari hamkor sifatida iştirok etadi. Asosiy moliyalaştirişning 635 million AQŞ dollari JBIC hissasiga töğri keladi. Qolgan hamkor moliyaviy institutlar qatorida Sumitomo Mitsui Banking Corp. (SMBC), Norinchukin Bank va davlat qölloviga ega Nippon Export and Investment Insurance (NEXI) suğurta korporatsiyasi qayd etilgan.

Loyiha doirasida quyoş generatsiyasi bilan birga batareyali energiyani saqlaş tizimlari (BESS) ham joriy etiladi. Bu tarmoq barqarorligini oşiriş, pik soatlarda yuklamani yumşatiş va energiya yöqotişlarini qisqartirişga xizmat qiladi.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Özbekiston hukumatining 2030 yilga qadar elektr generatsiyasida qayta tiklanadigan manbalar uluşini 10 foizdan 54 foizga yetkaziş rejasi xalqaro şerikliklar uçun keng imkoniyatlar yaratyapti. Uşbu moliyaviy paket “yaşil” energetikaga ötiş sur’atlarini tezlaştirişi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oşirişini kutmoqda.