Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan yetiştirilgan boşoqli don ekinlari yalpi hosili hajmlarining hisobini yuritiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan yetiştirilgan boşoqli don ekinlari yalpi hosili hajmlarining hisobini yuritiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Nizomga köra, kalendar yilning 15 mayigaça bölgan muddatda tuman hokimining qaroriga asosan Xöjaliklar tomonidan yetiştirilgan boşoqli don yalpi hosilini aniqlaş komissiyasi tuziladi.

Komissiya tarkibiga – tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari (komissiya raisi), tuman qişloq xöjaligi bölimining agrotexnologiya böyiça örinbosari (asosan boşoqli don ekinlari agrotexnologiyasi bilan şuğullanadigan mas'ul xodim), tuman fermer va tomorqa yer egalari kengaşi vakili, don korxonasi vakili, tuman yer resurslari va davlat kadastr bölimining tegişli hududiy yer tuzuvçilari va Boş prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlanişi ustidan nazorat qiliş tuman inspeksiyasining (boşoqli don uruğçiligi bilan şuğullanuvçi) mas'ul xodimi kiritiladi.

Hududidagi boşoqli don ekinlarining pişib yetilişi muddatlaridan kelib çiqib tuman hokimi tomonidan boşoqli donni örib-yiğib oliş prognoz grafigi tasdiqlanadi va komissiyaning işi uşbu grafikka mos ravişda taşkil etiladi.

Komissiya tasdiqlangan grafik asosida örim – yiğim boşlangan xöjalikning dalasida boşoqli donni örib oliş jarayonini bevosita kuzatib boradi va örim kombayni tomonidan har bir tökilgan bunkerdagi boşoqli don miqdori va örilgan maydonning hajmi hisobini olib boradi.

Har bir xöjalik tomonidan yetiştirilgan ğalla hosili ğalla ekilgan maydon töliq örib-yiğib olingandan keyin yalpi hosil miqdori aniqlanadi. Bunda, xöjalikning davlatga ğalla topşiriş rejasi ğalla ekilgan maydon töliq örib olinmasdan oldin bajarilgan taqdirda, xöjalik böyiça yalpi hosildorlikni aniqlaş maqsadida, qolgan maydon töliq örib-yiğib olinmagunça örim-yiğim kombaynlarining fermer dalasidan çiqib ketişiga yöl qöyilmaydi.

Xöjalik tomonidan jami örib-yiğib olingan ğallani miqdori komissiya tomonidan 5 ta asl nusxada dalolatnoma tuzilib imzolanadi. Uşbu dalolatnomaga komissiya bilan birgalikda xöjalik rahbari, kombayn(lar) operatori(lar) hamda donni taşigan transport vositasi haydovçisi imzo çekadi. Dalolatnomada boşoqli don yiğib olingan maydon, olingan boşoqli don miqdori va örtaça hosildorlik hamda örilmasdan qolgan maydon hamda undan yiğib olinişi kutilayotgan boşoqli don miqdori aks ettiriladi.