Venger millatiga mansub amerikalik kinoprodyuser Endryu Vayna 74 yoşida vafot etdi. U Budapeştdagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan keyin hayotdan köz yumgan. Vayna 59 filmga, jumladan “Evita” hamda “Rembo”ning dastlabki 3 qismiga prodyuserlik qilgan. 

Vayna kasodga uçraşidan oldin blokbasterlar (“Terminator”ning bir neça qismlari) işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Carolco Pictures kompaniyasi asosçilaridan biri bölgan. Vaynaning filmografiyasida “Qizil jazirama”, Eyr Amerika”, “Jonni yoqimtoy”, “Barçasini eslaş”, “Sudya Dredd” kabi filmlar bor.

Vayna 2011 yildan boşlab Vengriya boş vaziri Viktor Orban hukumatida işlagan, uning vazifasiga mamlakat kinematografini tiklaş kirgan. “Biz buyuk vengriyalik kinoprodyuserga “alvido” deymiz, asta la vista, Endi! Barçasi uçun rahmat”, deb yozgan Orban Facebook’da.