Buyuk Britaniya kompaniyalari O‘zbekistonda xususiy maktablar ochishni rejalashtirmoqda
Britaniyaning Acumen Education kompaniyasi MBU Capital investitsiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 21 yanvarida Acumen Education hamda MBU Capital kompaniyalarining delegatsiya a'zolari mamlakatga ta'lim tizimi va mahalliy sharoitlarni o‘rganish uchun tashrif buyurdi. Delegatsiyaga MBU Capital kompaniyasi muassisi, ijrochi direktori va investitsiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Iqbol Muhammad hamda Acumen Education ijrochi direktori Mark Labovich rahbarlik qilmoqda.
Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Otabek Nazirov Britaniya kompaniyalari delegatsiyasini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda ta'lim muassasalarini ochish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Britaniya kompaniyalari vakillari tomonidan ayni paytda O‘zbekistonda hamyonbop xususiy maktablar tarmog‘ini va premium maktabini hamda xorijiy universitet ochish uchun sarmoya kiritish masalalari ko‘rib chiqilayotgani haqida ta'kidladilar.
Tadbir ishtirokchilari mamlakatdagi ta'lim tizimi, shuningdek, maktab ta'limini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xususiy maktablarni ishga tushirishda Britaniya kompaniyalari bilan hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdilar.
Otabek Nazirov Xalq ta'limi vazirligi mazkur loyiha bo‘yicha Acumen Education va MBU Capital kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashi hamda ta'limga oid ma'lumotlarni taqdim etishga tayyor ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Acumen Education Z va MBU Capital kompaniyalari delegatsiyasi tashrifi joriy yilning 26 yanvarigacha davom etadi. Delegatsiya a'zolari ishtirokida mamlakatning davlat tashkilotlari, shuningdek, moliya institutlarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda ular Toshkent va Samarqand shahridagi maktablarga tashrif buyuradilar.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
18:15 / 12.11.2024
Buyuk Britaniya mudofaa ehtiyojlari uchun yadroviy yoqilg‘i ishlab chiqarishni qayta tiklashi mumkin
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024