Gulnora Karimovaga tegişli 800 million frankni özida saqlaşni istamayotgan Şveytsariya hukumati pullarni Özbekistonga qaytarişga şoşmayapti.
«Şveytsariya noqonuniy yöl bilan topilgan boylikni özida saqlab turişdan manfaatdor emas», – deb javob bergan TIV Gulnora Karimovaga tegişli aktivlar taqdiriga qiziqqan DW söroviga.
Şveytsariya prokuraturasining DW’ga bildirişiça, jinoiy işni mantiqiy yakuniga yetkaziş uçun sud kollegiyasining qolgan tört ayblanuvçiga nisbatan qarorini kutiş kerak böladi.
«Keyingi öttiz yil davomida Şveytsariya ikki milliard dollardan ortiq pulni qaytargan - bu boşqa har qanday davlat qaytargan mablağdan köproqdir. Ammo hozirda qaytarilişi lozim bölgan boylik bilan qanday iş tutiş kerakligiga baho berişga hali erta», – deyiladi Şveytsariya TIV bayonotida.
Ma'lum qilinişiça, asosiy masala – uning Şveytsariyadagi aktivlarini nima qiliş kerakligiga javob topiş lozim. Ya'ni aktivlarni qaytariş va ularni qanday sarflaş böyiça tomonlar örtasida hujjat imzolanişi zarur.
Uşbu masalada Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Kun.uz'ga izoh berib, «bu özbek va şveysar prokuraturalari örtasidagi idoralararo masala» ekanini bildirdi.
«Bular oçiqlanmaydi, ayni paytda muzokaralar davom etmoqda», – deydi Boş prokuratura matbuot kotibi Surayyo Rahmonova.
Karimovaning sobiq turmuş örtoği Mansur Maqsudiy ham Gulnoraning pullariga da'vo qilyapti. Uning Der Bund gazetasiga bergan intervyusida Maqsudiylarga tegişli bölgan Özbekistondagi barça mulklari tortib olingani haqida gap boradi.
Eslatib ötamiz, Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmiga köra 5 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum etilgan Gulnora Karimova mamlakat hududida jazoni ötamoqda.








