Foto: MuzA

Hoynahoy, MuzA brendi sizga taniş, agar taniş bölmasa keling, tanişing.

MuzAning tarixi bundan 17 yil oldin, 2001 yilda boşlangan. U davrda mamlakatimiz iste'mol bozorida dunyoning ilğor andozalariga mos keluvçi qandolat mahsulotlari işlab çiqaruvçilar deyarli yöq edi. Aynan öşa davrda korxona Respublikada birinçi bölib şokoladli va içiga qiyom solingan «Slavyanskiye» pryaniklarini işlab çiqara boşladi. Bu pryaniklar juda qisqa vaqtda aholimiz orasida maşhur bölib ketdi va hali hanuz iste'molçilarimiz ardoğida.

Köp ötmay MuzA qatlamali xamirlari aholiga taqdim qilindi. Bu mahsulot Özbekiston bozorida mutloq yangilik, ta'bir joiz bölsa kutilmagan yangilik böldi. Tez orada özbek ayollarining yordamçisiga aylandi, minglab ayollarning oğirini yengil qilib, ança şov-şuvga sabab böldi. Özining şuhrati bilan juda köp raqobatçi mahsulotlarning paydo bölişiga asos soldi. Bunday raqobatdan esa aholimiz faqat foyda kördi xolos.

Foto: MuzA

Bundan ilhomlangan MuzA köp ötmay oşirma qatlamali va sulili mahsulotlarni aholimiz dasturxoniga yetkazib bera boşladi. Ayniqsa, qatlamali tayoqçalar (sloyonyye paloçki), quloqçalar (sloyonyye uşki) va sulili peçenelar 13 yildirki aholi e'tiborini qozonib kelmoqda. Bu mahsulotlarni, şu bilan barobar, muzlatilgan qatlama va muzlatilgan çözma lağmonlarni ham Özbekistonda birinçi bölib MuzA işlab çiqarişni yölga qöydi.

17 yil davomida MuzA ança uzoq yölni bosib ötdi. «Sabfatek» kompaniyasi işlab çiqarişni qimmat, şu bilan birga zamonaviy Yevropa uskunalari bilan jihozladi. Çet ellardan, xususan Gollandiya va Germaniyadan mutaxassislar taklif qilib, ulardan iş örgandi, öz xodimlarini çet ellarda ta'lim olişlariga, çet eldagi eng ilğor körgazmalarda tajriba almaşişlariga imkoniyat yaratdi. Işlab çiqarişda kimyoviy konservantlar va rang beruvçi sun'iy qöşimçalardan foydalanmay, rivojlanişning oldi qatorlarida bölişga harakat kildi. 5 kişi bilan iş boşlagan MuzA, bugungi kunga kelib hamfikr va hamnafas bulgan 250 kişini birlaştirgan tarzda faoliyat yuritmoqda.