Orol dengizining janubi-ğarbiy qismidagi sobiq Vozrojdeniye orolida çuçuk suv topildi. Bu haqda ÖzA axborot agentligi xabar berdi. 

Ma'lum qilinişiça, suv 260-280 metr çuqurlikda topilgan. Suv sarfi soniyasiga 7 litrni taşkil qilayotgan bu suvning minerallaşuvi 3 gramm, qattiqligi 6 milligramm ekvivalentga teng.

Möynoq tumani hokimi Saylaubay Daniyarovning aytişiça, uşbu holat hududda çorvaçilikni rivojlantirişga ijobiy ta'sir körsatadi. 

Tadqiqotçilar yana şunday çuçuk suv közlaridan 40 tasini oçişni oldilariga maqsad qilib qöyganlar.

26 yanvarda suv közining topilişi munosabati bilan tantanali tadbir ötkazilgan. Tadbirda qator vazirlik va idoralar rahbarlari, möynoqliklar hamda Orolning qurigan maydonida mehnat qilayotgan haşarçilar qatnaşgan. 

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi M.Yerniyazov yiğilganlarni uşbu muhim yangilik bilan qutlagan. Voqea joyiga Özbekiston Boş vazirining birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov va Boş prokuror Otabek Murodov taşrif buyurişgan.