2018 yilning 1 noyabrida “Oil Group Uzbekistan” korxonasi Shell korxonasining rasmiy makro distribyutori Global Trade Co bilan şartnoma imzoladi va Şellning Özbekistondagi rasmiy distribyutoriga aylandi. Uşbu hamkorlik tufayli Özbekistonda birinçi marotaba “Shell“ moylaş vositalarini sotiş va almaştiriş böyiça rasmiy xizmat körsatiş markazi oçilmoqda.

30 yanvar 2019 yil, Toşkent — 2019 yilning 30 yanvarida faqatgina asl Shell mahsulotlari bilan işlaydigan birinçi rasmiy moy almaştiriş (avtomobillarga xizmat körsatiş) şoxobçasining oçilişi bölib ötdi.

Shell konsernining faoliyati neft va gaz sohasi böyiça geologiya-razvedka va energiya resurslaridan boşlab, tayyor mahsulot sotiş va innovatsion texnologiyalarni yaratiş kabilarni qamrab oladi. Shell brendi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida iste'molçilarni yuqori sifatli motor moylari bilan ta'minlovçi dunyoning 1-sonli moylaş vositalari yetkazib beruvçisidir.

Şellning Özbekistondagi birinçi markazida avtomobil haydovçilari uçun yeçimlar taklif qilingan: yengil avtomobillar uçun Shell Helix moylar töplami va yengil yuk maşinalari, yuk maşinalari uçun dvigatelni kuçaytirilgan dinamik himoyalovçi texnologiyasiga asoslangan Shell Rimula moylar töplami.

Shell Helix moylari Amerikaning Sequence VG usuliga asoslangan minglab motosoat sinovlaridan ötkazilgan: motorlar maxsus stendlarga örnatiladi va turli dasturlar böyiça sinovdan ötkaziladi. Mahsulot eskiriş va porşenlarda töplanadigan vositalar, kulaçokli taqsimlovçi valning işqalanişi, zanglaş va podşipniklarning eskirişi, yoqilğini tejaş hamda dvigatelning qismlarida himoya plyonkasini hosil qiliş imkoniyati böyiça sinovlardan ötadi.

Shell Rimula moyi benzinli va dizelli dvigatellar uçun möljallangan bölib, qiyin şaroitlarda yuqori yöl bosiş va yuklamalarni inobatga olgan holda foydalaniş uçun işlab çiqilgan. Ular samarali ravişda yedirilişga çidamli bölib, texnik xizmat körsatişga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi va yoqilğini tejaydi.

“Ğamxör haydovçi har doim asl, yuqori sifatli moylarni tanlaydi, çunki bu motorning uzoq va işonçli işlaşi garovidir. Soxta mahsulot işlab çiqaruvçilar arzon tarkibiy qismlar, hatto işlatilgan moylaş vositalaridan foydalanişadi, bu esa dvigatelning tez-tez işdan çiqişi va qimmat bölgan ta'mirlaşlardan foydalanişga sabab böladi. Şellning rasmiy vakili sifatida biz motor moylarimizning aslligini kafolatlaymiz. Oil Group Uzbekistan ustalari (mutaxassislari) Şellning Yevropadagi eng yirik xizmat körsatiş markazlarida amaliyot ötamoqdalar va ötaydilar, va sizning avtomobilingiz turi, işlab çiqarilgan yili va işlaş şaroitlarini hisobga olgan holda moylaş vositalarini tanlay oladilar. Yaqin kelajakda Şellning xorijiy mutaxassislari tomonidan master-klasslarni Özbekistonda ötkazişni taşkillaştirişni rejalaştiryapmiz”, - deydi Shell xizmat körsatiş markazining menejyeri Vladimir Umarov.