Haagadagi apellyatsiya sudi iqlim özgarişi tufayli karbonat angidrid gazi çiqişi qisqarişini tezlaştiriş böyiça Shell kompaniyasiga nisbatan okrug sudi tomonidan çiqarilgan qarorni bekor qildi.

Sud qaroriga köra, Shell xalqaro iqlim himoyasiga öz hissasini qöşişi kerak, ammo kompaniya çiqarilayotgan zararli gazni aynan «45 foiz yoki boşqa qançadir foizga qisqartirişga majbur emas».

«Ayni vaqtda iqlimşunoslikda Shell kabi ahlohida kompaniyalar rioya qilişi kerak bölgan aniq qisqartiriş foizlari borasida yetarliça bitimlar yöq», — deyiladi apellyatsiya instansiyasi qarorida.

Sud, şuningdek, Şell’ning istalgan bitta kompaniyaga qarşi çiqarilgan qaror samarasiz bölişi, çunki boşqa yetkazib beruvçilar yonilği örnini «qoplaşi» borasidagi dalilini qöllab-quvvatladi. Şu bilan birga, sud neft va gaz kompaniyasi zimmasiga «karbonat angidrid çiqarişni çeklaş» majburiyatini yukladi.

2021 yil may oyida Haaga okrug sudi 2030 yilga borib Shell atmosferaga karbonat angidrid gazi çiqarişni 2019 yilga nisbatan 45 foizga qisqartirişi kerakligi haqida qaror çiqargandi. Kompaniyaga qarşi da’vo Niderlandiyadagi Friends of the Earth International bölinmasi boşçiligidagi yettita ekologik taşkilot tomonidan kiritilgan.

Shell sudning uşbu qaroriga nisbatan apellyatsiya berib, korporativ çiqindilar — bu sud orqali emas, balki siyosiy masala ekanini ta’kidladi. «Sudning qaroridan mamnunmiz, biz buni global energiyaga ötiş, Niderlandiya va kompaniyamiz uçun töğri deb hisoblaymiz», — deydi Shell boş direktori Vael Savan.