Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlaş, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida Özbekiston prezidentining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Taşqi işlar, Iqtisodiyot va sanoat, Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Innovatsion rivojlaniş vazirliklarining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2019/2020 öquv yili uçun qabul kvotalarini:

• “Siyosatşunoslik” bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça 20 kişi, şu jumladan, davlat granti böyiça 5 kişi;

• “Amaliy siyosatşunoslik” magistratura ta'lim mutaxassisligi böyiça 10 kişi, şu jumladan, davlat granti böyiça 2 kişi;

• “Siyosiy fanlar” fan tarmoği ixtisosliklari böyiça tayanç doktoranturada 4 kişi, doktoranturada 2 kişi miqdorida belgilaş tögrisidagi takliflari ma'qullandi.

Qarorga muvofiq, universitetda “Siyosatşunoslik” kafedrasi tuziladi.  

Kafedra faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

• ilğor xorijiy tajriba hamda zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalaniş asosida siyosatşunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaşni ta'minlaş;

• jahon siyosatşunosligidagi eng yangi trend va yönalişlarni hisobga olgan holda xalqaro darajadagi ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş;

• “Siyosatşunoslik” fani böyiça öquv jarayonini mazmun jihatidan takomillaştiriş maqsadida yangi avlod darsliklari, öquv qöllanmalari, öquv dasturlari va rejalarini tayyorlaş;

• taşqi siyosiy va taşqi iqtisodiy faoliyatda Özbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ilgari suriş sohasida Taşqi işlar vazirligi, boşqa vazirlik va idoralar oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib çiqqan holda ta'lim beriş, fundamental va amaliy tadqiqotlarning yuqori darajasini ta'minlaş;

• siyosatşunoslik, xalqaro munosabatlar va jahon siyosati, xalqaro iqtisodiyot va menejment, xalqaro huquq sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş, ularning natijalarini öquv jarayoniga hamda tegişli öquv rejalari va dasturlariga tatbiq etiş;

• siyosiy fanlar sohasida iqtisodiy siyosatşunoslik, siyosiy marketing va menejment, siyosiy sotsiologiya va boşqa innovatsion yönalişlarni rivojlantiriş uçun zarur bölgan metodologik va öquv-texnologik şart- şaroitlarni yaratiş.