Ikromjon Töxtasinov – Toşkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bakalavri. Magistraturani esa AQŞdagi maşhur Notr Dam universitetida tamomlagan. Ayni paytda Illinois universitetida doktorantura qilmoqda.

— Amerikadagi siyosiy tuzum havas qilarli. Bu yerda hokimiyatlar bir-birini tiyib turişi köp hollarda misol tariqasida keltiriladi. 200 yildan oşiq vaqt davomida qudratli armiya, ta’siri kuçli prezidentlar bölişiga qaramasdan, sud va parlament mustaqil. Doimiy rivojlanişda. Buning sabablari nimada?

— Qisqa qilib aytganda, siyosiy institutlar yaxşi şakllangan. Bu narsalar erkinlik tuşunçasiga borib taqaladi. Ya’ni erkinlik muqaddas sanaladi va siyosiy institutlarga töğridan töğri ta’siri böladi. Turli davlatlarning boy-kambağalligi, kuçli-kuçsizligi u yerdagi siyosiy, iqtisodiy institutlarga boğliq. Agar iqtisodiy institutlar odamlarni qöllab-quvaatlasa, intellektual mulki himoya qilinib, patentlaştiriş bölsa, rivojlaniş böladi. Iqtisodiy institutlarning yaratilişiga esa siyosiy institutlar asos böladi, ya’ni baribir siyosatga taqaladi.

Amerikaning taşkil topişi va hozirgi kunga qadar qudrat bilan yetib kelişiga sabablardan biri sifatida konstitutsiyani, tiyib turiş mexanizmlarini aytiş mumkin. Bunday siyosiy institutlar davlatning öziga boğliq emas, vaziyatlarga boğliq.

— Özbekistonda siyosatga aralaşma degan tuşunça bor. Ayniqsa oldingi ma’muriyat davrida kuçli edi bunday qaraş. Bu yerda odamlarning siyosatga qiziqişi, aralaşuvi qay darajada?

— Bu yerda siyosat haqida gapiriş muammo emas, odatiy hol. Kelib çiqişi, mansabi, yoşi muhimmas. Kimningdir siyosiy bilimi yaxşiroq, kimningdir bilimi yetarli bölmasligi mumkin, lekin farqi yöq, hammada gapiriş, fikr bildiriş erkinligi bor. Siyosatni muhim deb biliş uçun esa siyosiy bilim bölişi şart emas. Siyosat haqidagi suhbatlar xuddi oddiy futbol haqida gaplaşgandek gap, ya’ni erkin.

Nafaqat siyosat haqida gapiriş, balki davlat xizmatçilariga ham öz fikrini bildirişi, fuqarolar norozi bölişi ham mumkin. Buning uçun heç kim ayblamaydi. Konstitutsiyada davlat fuqarolarning söz erkinligini buza olmaydi, deb belgilab qöyilgan. Agar davlat taşkiloti tomonidan söz erkinligi buzilsa, bemalol sudga beriş mumkin.

Inqilobdan söng konstitutsiya bunday qabul qilinganiga sabab öşa paytda fuqarolarda qurol bölgan, ya’ni davlat bilan kuraşa olgan. Şu sababdan ştatlarni birlaştiriş uçun fuqarolar manfaati közlangan konstitutsiya qabul qilingan. Ikkinçi tarafdan Britaniya qirolligiga qarşi turiş ham bölgan. Va bu siyosiy institutlar – aholi va elita örtasida raqobat natijasida paydo bölgan. Davlat va fuqarolar örtasida muvozanatni saqlaş muhim hisoblangan. Çunki qaysidir taraf haddan ortiq kuçayib ketsa, rivojlaniş bölmas edi.