17 iyul kuni Toşkentda “Tiriliş” naşriyoti tomonidan tarjima va naşr qilingan uçta siyosiy asar: “Manipulyativ diktatorlar”, “Kuçsizlar kuçi” va “Yumşoq kuç” kitoblarining taqdimoti bölib ötdi.
Tadbirda tarjimon va qator siyosatşunoslar tomonidan bir-birini kuç va hokimiyat masalalari boğlab turuvçi uşbu kitoblar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, siyosatşunos Hamid Sodiq özining boş muharrirligida naşr qilingan “Manipulyativ diktatorlar” asari va tarjimonlikning jamiyat rivojidagi örni haqida gapirdi.
Tarjimonlikning jamiyat rivojidagi örni haqida
Siyosatşunosga köra, har qanday jamiyat ma’lum tanazzuldan keyin rivojlaniş bosqiçiga qadam qöyarkan, bunda albatta tarjima yölidan ötadi. Xususan, tarixda islom tamadduni ham yoki temuriylar davridagi renessansga ham avvalo tarjimaning rivoji sabab bölgan.
“Bugun jamiyatimizni qanday rivojlantiriş mumkinligi haqida juda köp öylanamiz va fikrimça, bu baribir tarjimadan boşlansa kerak. Biz ötkazib yuborgan uzoq yillar davomida (bu SSSR davridagi mustamlaka davrini ham, Islom Karimov davri turğunligini ham öz içiga oladi) köplab kitoblarning özbek tiliga tarjimasidan çetda qolib ketdik. Tabiiy, bu kitoblar özbek tilida gapirmadi va tafakkurimizda ham aks etmadi. Çunki har qanday kitob biror tilga tarjima bölar ekan, öşa xalq tafakkuriga singadi.
Fikrimça, biz uçun hali ham keç emas. Biz ayni şu maqsadda, garçi qator juz’iy kamçiliklar bilan bölsa-da, kitoblar naşrini boşladik. Şu jarayon boşlanganining özi quvonçli.
Biz bugunga qadar ayniqsa, siyosiy kitoblar tarjimasida boşqa xalqlardan orqada qolib ketganmiz. Bu ortda qoliş xalqqa öz hukumatini, undagi rejimni töliq koordinatsiya, kartina sifatida körişiga yöl qöymaydi. Yoki hokimiyat bilan böladigan munosabatlarga töğri baho berolmaslik, uning harakatlarini başorat qilolmay qoliş kabi muammolarni keltirib çiqaradi. Bugun tarjima qilinayotgan kitoblar bizga hokimiyatni tuşuniş sari ilk qadamlarni qöyişga yordam beradi”, – dedi Hamid Sodiq.
“Manipulyativ diktatorlar” asari haqida
Hamid Sodiq öz çiqişida özbek tiliga ilk bor tarjima qilingan “Manipulyativ diktatorlar” asari va uning bugungi kun uçun ahamiyati haqida ham gapirdi. Unga köra, kitob bugungi kunlar uçun şunçalik muhimki, uni tezroq çop etiş uçun hatto muallifning ruxsatini olişga ham ulgurilmagan.
“Bugun siz körib turgan yangi asarlarning aslida mohiyati bir xil. Ya’ni hokimiyatning sokral huquqlaridan biri bu kuç va uni legitim işlatiş hisoblanadi. Bu kuç bugun siz körayotgan kitobda “yumşoq kuç”, biz tarjima qilgan kitobda esa manipulyatsiya deya talqin qilingan. Ya’ni xalqaro huquqiy masalalarda u yumşoq kuç deyilsa, bugungi kunda demokratik va şu bilan birga avtokratik rejimlarda bu kuçning qöllanişi manipulyativ usullarda ham namoyon bölmoqda. Asar mana şu jarayon böyiça qilingan tahlillarga asoslanadi.








