
Tadbirda tarjimon va qator siyosatşunoslar tomonidan bir-birini kuç va hokimiyat masalalari boğlab turuvçi bu kitoblar haqida ma’lumot berildi. Şuningdek, taqdimotning savol-javob qismida Özbekiston va dunyo siyosatiga oid mehmonlarni qiziqtirgan qator masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, siyosatşunos Suhrob Böronov bugungi global siyosatda “qattiq kuç”dan (turli vostilalar orqali majburlaşni közda tutadi) köra, “yumşoq kuç”ning (ixtiyoriy iştirok etiş, simpatiya va jozibadorlik asosida istalgan natijalarga erişiş modeli) ahamiyati va jozibadorligi ortib borayotgani haqida gapirdi.

“Yumşoq kuç” (soft power) atamasini fanga Harvard universiteti professori Jozef Nay olib kirgan. U özining şu nomdagi kitobida Sovuq uruş davridan keyingi jahon siyosati va xalqaro munosabatlarida “yumşoq kuç” strategiyasini qöllaş usullari, uning manbalari, qattiq kuçning (hard power) özgaruvçan tabiati, bir qator aktorlarning yumşoq kuç siyosati hamda AQŞ timsolida yumşoq kuçning ta’siri va rolini atrofliça tahlil qiladi.
Ya’ni siyosatda “yumşoq kuç” – bu öz manfaatlaringizni boşqalarning manfaat va istaklariga aylantiriş hisoblanadi. Bunda bir mamlakat ikkinçisiga taklif qilgan ğoya oxir oqibatda yana birinçisining manfaatiga xizmat qiladi.
“Yumşoq” va “qattiq kuç” haqida Jozef Naydan taşqari Amerika federal komissiyasi sobiq raisi Nyuton Menou ham fikr bildiradi va “ğoyalar uçun sarflangan 1 dollar mablağ bombalar uçun sarflangan 100 dollar qiymatga teng”, deydi.
XX asr oxirigaça xalqaro siyosatda “hard power”, ya’ni “qattiq kuç” asosiy rol öynagan bölsa, XXI asrga kelib “soft power”, ya’ni “yumşoq kuç” asosiy öringa çiqib ulgurdi. Bugun har qanday davlatda, u xoh AQŞ bölsin, xoh boşqasi boşqalarga ta’sir ötkaziş kuçi çeklangan. Şunday ekan, “yumşoq kuç”ning ahamiyati oşayotgani bejiz emas”, – dedi siyosatşunos.

Suhrob Böronovning fikrlarida davom etib ta’kidlaşiça, biz yaşayotgan asrda “yumşoq kuç”ning asosiy vositalari – kino, sa’nat, adabiyot va ilm-fan hamda axborot hisoblanadi.









