Özbekiston 2019 yil fevraldan Islom taraqqiyot banki guruhiga tegişli bölgan Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini suğurtalaş islom korporatsiyasiga a’zo böldi. Bu haqda «Islom moliyasi» telegram kanali xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, bu haqda tegişli ikki taşkilot qarori va Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi. Şu bilan Özbekiston Islom taraqqiyot banki guruhining barça taşkilotlariga a’zolikni qölga kiritdi.
Islom taraqqiyot banki guruhining quyidagi taşkilotlari mavjud:
1. Islom taraqqiyot banki
2. Xususiy sektorni rivojlantiriş islom korporatsiyasi
3. Xalqaro islom savdo-moliya taşkiloti
4. Investitsiyalar va eksport kreditlarini suğurtalaş islom korporatsiyasi
5. Islomiy tadqiqot va öquv muassasasi
ITB a’zo-mamlakatlarga, davlat va xususiy sektorga qaraşli yöllar, kanallar, töğonlar, maktablar, kasalxonalar, uy-joy, qişloq tumanlarini rivojlantiriş va boşqalar kabi qişloq xöjaligi va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş uçun qarzlar beradi. Uşbu loyihalar ustuvor hisoblanadi va a’zo-mamlakatlar ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanişiga sezilarli ta’sir körsatadi.







