Facebook asosçisi Mark Tsukerberg “Tvitter” rahbari Jyek Dorsi köz öngida özi boqqan eçkilardan birini elektroşokerda jonsizlantirib, söngra söydirgan. Bu haqda Dorsi Rolling Stone jurnaliga intervyusida ma'lum qildi.
“Mark hayotida bir yil davomida özi öldirgan jonzotlar göştinigina yegan davr bölgan. Palo-Altoda şunday qoida borki, yer egasi 6 boş çorva boqiş huquqiga ega. Mark esa eçkilar boqqan”, deb ma'lum qilgan Dorsi intervyuda.
Tsukerberg şu kuniyoq Dorsini uyiga keçki ovqatga taklif qilgan. Mark hamkasbiga özi tayyorlagan eçki göştini tortiq qilgan. Dorsining aytişiça, Facebook asosçisi göştni peçga tiqib, yarim soatdan keyin uni dasturxonga tortgan.
“U öşa eçki göştini tayyorlagan. Göşt sovuq holda edi. Men öşa keça salat bilan kifoyalanib qolganman”, deb eslagan Dorsi.
Dorsi Facebook rahbari eçkini öldiriş uçun qanday vosita qöllagani haqidagi savolga bu lazer nişonga olgiçli elektroşoker töpponçasi bölganini aytgan. “Tvitter” rahbarining qöşimça qilişiça, Tsukerberg eçkiga töpponçadan öq uzgandan keyin uni piçoq bilan öldirgan.








