Özbekistonda xizmat körsatgan irrigator, suv xöjaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Jörabekov “Xalq sözi”ga intervyu berdi.
Soha faxriysi öz suhbatida Orol dengizi qanday va nima uçun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tuşunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etişda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, şuningdek, boy berilgan ulkan kölni tiklaş mumkinmi yoki yöq ekanligi xususidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
"Qaçondir kattaligi böyiça dunyoda törtinçi örinda turgan köl deyarli yöqoldi, uning örnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro — Orolqum paydo böldi. Şamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagaça qum va tuzni kötarib, yuzlab kilometrga uçiradi. Bu, ayniqsa, Orolböyida yaşab kelayotgan tub aholi uçun nihoyatda oğir şaroit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinçi galda, davlat tomonidan körsatiladigan yordam va kömakka juda muhtoj", - degan Jörabekov intervyu vaqtida.
Jörabekov: «Özbekistonda hamma «yuqori»ning buyruqlarini sözsiz bajaravergan, deb öylamaslik kerak»







