Özbekistonda xizmat körsatgan irrigator, suv xöjaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Jörabekov “Xalq sözi”ga intervyu berdi.
Soha faxriysi öz suhbatida Suv xöjaligi vazirligi, tomçilatib suğoriş texnologiyasi, suv resurslaridan foydalaniş samaradorligi haqida ham aytib ötdi.
“Tomçilatib suğorişga teng keladigan muqobil usul yöq. Davlatimiz rahbari tomonidan yerlarning köp qismida şu texnologiyaga ötiş masalasi kötarilgani bejiz emas. Uning foydaliligi avval ham ma'lum edi. Lekin joriy etiş uçun mablağ ham, jihozlar ham, texnika ham yöq edi. Endi bölsa, bularning hammasini topiş uçun eng yuqori darajada çoralar körilmoqda. Men özim ikkita qöşni dalada ğöza qanday yetiştirilayotganiga guvoh böldim. Bittasida tomçilatib suğoriş usuli, ikkinçisida esa an'anaviy usul qöllanilmoqda. Natijani qarang: birinçi daladan ikkinçisiga nisbatan 35 foiz köproq paxta hosili terib olinibdi va uç baravar kam suv sarflanibdi.
Xitoyda bölganimda bir fermerning dalasi yonida töxtab, hosil yetiştiriş uçun qança miqdorda suv sarflaşini söragan edim. U “gektariga 3 800 — 4 000 kub metr”, deb javob berdi. Işonmagan edim, fermer mendan xafa bölib qoldi. Axir bizda öşança joyga 12 va undan ortiq ming kub metr suv sarflanadi-da. Buning siri esa aynan tomçilatib suğorişda ekan.
Töğri, tomçilatib suğoriş sohasida dunyoda Isroil davlati yetakçilik qiladi, u yerda uşbu texnologiya barça suğoriladigan yerlarning deyarli 75 foizida joriy etilgan. Lekin maydon kattaligi jihatidan oladigan bölsak, u raqobatlaşa olmaydi. Masalan, Xitoyda tomçilatib suğoriş beş million gektardan ziyod maydonlarda, Hindistonda esa ikki million gektar yerda qöllaniladi. Bizning mamlakatimizda-çi, bu usul 50 ming gektardan kamroq maydonda joriy etilgan va mazkur körsatkiç barça suğoriladigan yerlarning atigi bir foizdan ziyodroğini taşkil qiladi. Ana endi Özbekiston suv tejaş böyiça qanday katta salohiyatga ega ekani körinib turibdi”, - deydi u.
Şuningdek, Ismoil Jörabekov öz vaqtida Suv xöjaligi vazirligi tugatilganini katta xato deb hisoblaşi haqida aytdi.
“Ha, men buni katta xato, deb hisoblaganman va hozir ham şunday deb öylayman. Öşa vaqtda Suv xöjaligi vazirligini tugatişga iloji boriça qarşi çiqqanman. Afsuski, bu qarorga ta'sir körsata olmaganman. Endi Prezident Şavkat Mirziyoyev Suv xöjaligi vazirligini qayta tiklagani va unga eng jiddiy vazifalarni yuklaganidan xursandman. Heç kimni tanqid qilmoqçi emasman-u, köp yillar davomida katta mehnat evaziga qurilgan inşootlar borgan sari yaroqsiz holga kelayotganini köriş biz, irrigatorlar uçun ayançli edi. Natijada 600 ming gektar yerning meliorativ holati yomonlaşdi, 200 ming gektar yer esa umuman foydalanişdan çiqib ketdi. Özbekiston uçun 200 ming gektar yer qanday ahamiyatli ekanini bilasizmi? Bu — dasturxonimizni bezaşi va eksport qilinişi mumkin bölgan ulkan hajmdagi qişloq xöjaligi mahsulotlari degani. Bu — yuz minglab iş örinlari degani. Işonasizmi, ba'zi qişloqlarda suv yöq bölgani uçun hayot ham yöqoldi, odamlar iş izlab boşqa joylarga ¬ketib qolişgandi. Buni kuzatiş naqadar açinarli edi! Endi esa qayta tiklangan melioratsiya tizimi yerni yana jonlantirmoqda, odamlar ham öz jonajon yeriga qaytyapti! Mana, davlatimiz rahbari belgilab bergan maqsad. Lekin yöqotilgan tizimni qayta tiklaşning özigayoq heç bölmaganda 3-4 yil ketadi. Bu davr içida foydalanişdan çiqib ketgan yer maydonlari tiklanadi va ularda yana dehqonçilik qilib, hosil undiriş mumkin böladi. Yuz minglab gektar yerlarda meliorativ holatni yaxşilaş tadbirlari olib boriladi. Men ham öz tajribam bilan Suv xöjaligi vazirligi mutaxassislariga yordam beriş orqali bu katta işga hissa qöşişim mumkinligidan xursandman”, - deya aytib ötgan I.Jörabekov.








