Magnitogorskda vayronalar ostidan qutqarib olingan 11 oylik bola huşiga keldi. Bu haqda TASS Rossiya Federatsiyasi soğliqni saqlaş vaziri Veronika Skvortsovaga asosan xabar bermoqda.

Uning sözlariga köra, Moskvadagi bolalar şoşilinç jarrohligi ilmiy-tadqiqot institutida böliş vaqtida bolaning ahvoli sezilarli darajada yaxşilandi. «U faol reaksiya bildirmoqda, onasi bilan muloqot qilmoqda», - dedi Skvortsova.

Uning qöşimça qilişiça, bolaning ovozi paydo bölgan; bu öpkaga uzoq vaqt sun'iy tarzda havo yuboriş bilan boğliq asoratlar yöqligini bildiradi.

TASS’ning yozişiça, Moskvada ötkazilgan taşxis şuni körsatdiki, bola miyasi şikastlanmagan, buyraklar faoliyati deyarli tiklandi. Şuningdek, şifokorlar taxminiça, ular bolaning muzlab qolgan oyoğini qutqarişga qodirlar.

Eslatib ötamiz, avvalroq Çelyabinsk oblasti Magnitogorsk şahrida maişiy gaz portlaşi oqibatida qisman qulagan köp qavatli uyning vayronalari ostida ön bir oylik bola tirik holda topilgandi.

Ma'lumot uçun, bundan avval Magnitogorsk fojiasida barça qurbon bölganlarning şaxsi aniqlangandi.