Xalqimizning atoqli farzandi, şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bağişlab, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida #BoburDay xeştegi ostida sayil taşkil qilindi.

Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti kömagida ötkazilgan sayil kun davomida san'at va madaniyat ixlosmandlari bilan gavjum böldi. 

Adabiyotga, xususan, Bobur ijodiga befarq bölmagan faol yoşlar, estradamizning yorqin yulduzlari, taniqli kino va teatr aktyorlari iştirokida şe'rxonlik keçalari, jonli ijroda qöşiqlar guldastasi, Hazrat Bobur siymosini aks ettirgan sahna körinişlari namoyiş etildi.

–Bobur şohlarning şoiri va şoirlarning şohi. Bu ta'rif uning butun umrlik sermahsul ijodi va şohlik faoliyatidagi adolatparvarligiga berilgan eng yaxşi va eng munosib nisbat. Bugungi tadbir esa yoşlarni heç bölmasa, Boburning bitta ruboiysi yoki ğazalini yodga olişiga turtki beradi. Yoşlar, ayniqsa yigitlar Boburning şijoatli yuragi, vatanparvarlik fazilatlarini özida şakllantira olişi lozim. Buning uçun nima qiliş kerak? “Boburnoma”ni öqiş kerak. Agar “Boburnoma”ni özbek öğlonlarining hammasi öqiganida edi... Çunki bu asar öğlonlarimizni mard, jasur, dovyurak, xalqiga nafi tegadigan oriyatli bölib ulğayişlari uçun muhim. Bizning Özbek milliy akademik drama teatrimiz jamoasi ham fevral oyida uluğlar hayoti va ijodini aks ettirgan spektakllarni sahnaga olib çiqyapti. Xalqimiz, yoşlarimiz ularni körişi, xulosa qilişi kerak, – deydi Özbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov.

Tadbirda kitob yarmarkalari, nafis yoğoç öymakorlik işlari, möyqalam ustalarining fotogalereyasi, karving san'ati egalarining ijodiy işlanmalarini kuzatgan sayil iştirokçilari haqiqiy san'at asarlaridan bahramand bölişdi.