Sport | 10:49 / 15.02.2019
10269
1 daqiqa o‘qiladi

Andrey Miklyayev murabbiylikka qaytdi

Foto: KUN.UZ

Andrey Miklyayev «Surxon» klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi. Bu haqda termizliklar matbuot xizmati xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida «Surxon»ga Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiy bo‘lgan edi. Ammo u O‘FA tomonidan 1 yilga diskvalifikatsiya qilingach, o‘rnini vaqtinchalik Anvar Soliyev egalladi. Miklyayev kelganidan so‘ng, u sport direktori lavozimiga o‘tkazildi.

Andrey Miklyayev asli surxondaryolik bo‘lib, 2016-2018 yillarda Toshkentning «Lokomotiv» klubida bosh murabbiy va yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan, «PRO» murabbiylik litsenziyasiga ega.

«Surxon» klubi o‘tgan mavsumda Pro-Liga A guruhida ishtirok etib, 4-o‘rinni egallagan edi.

Mavzuga oid