Özbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Toşkentda xalqaro standartlarga mos kampus quriladi. Kampus hududida Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti joylaşadi, deb ta'kidlagan harbiy institut boşliği Hakim Muhiddinov «Vatanparvar» gazetasiga bergan intervyusida.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, kampus bu — xalqaro tilda ilmiy şaharça degani. Bu şaharçada ilmiy-tadqiqot ötkaziş, nazariyani örganiş, tajriba-amaliyot ötaş hamda yaşaş uçun barça şaroitlar yaratiladi. Mazkur ilmiy şaharçada aloqa sohasiga oid harbiy qism barpo etiladi va harbiy qismga qöşinlarda qöllanilayotgan barça turdagi aloqa va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga oid texnika va uskunalar joylaştiriladi.
Harbiy qism yangi harbiy institut yonida joylaşgani sabab, kursantlar bugungi ötgan mavzusini yoki örgangan uskunasini ertasiga amaliyotda qöllaş imkoniyatiga ega böladi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida ofitser kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori bilan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti taşkil etilgandi.
Mazkur harbiy institut nafaqat Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, balki 20 dan ortiq ta'lim muassasalari, jumladan, respublikadagi xorijiy hamkor universitetlar, masalan Toşkent Inha va Turin universitetining 3-bosqiçini tugatgan, öqiş yakunlari böyiça yuqori natijalarga erişgan, soğligining holatiga köra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan talabalar tanlov asosida qabul qilinadi.
Harbiy institutni tamomlagan kursantlarga «leytenant» harbiy unvoni beriladi.








