15 fevral kuni Navoiy viloyat ma'muriy işlar böyiça sudi raisi Otabek Toşev qöl ostida işlovçi xodimi Dilşod Norovni köpçilikning köz öngida yerga yotqizib tepkilagan. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga Özbekiston Boş prokuraturasi tasdiqlagan.
Ma'lum qilinişiça, mazkur holat böyiça tergov oldi tekşiruvi olib borilmoqda.
Viloyat sudida texnik xodim sifatida faoliyat körsatadigan Dilşod Norov ayni vaqtda Navoiy viloyat kasalxonasi xirurgiya bölimiga yotqizilgan.
«Navoiy şahar prokuraturasida mazkur holat buyiça tergov oldi tekşiruvi olib borilmoqda. Sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Natijasi yuzasidan ma'lumot beriladi», deyilgan Boş prokuraturasi xabarida.






