2019 yil 17 fevral kuni Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida yaşovçi A.Q. soat 00:30larda boşqaruvidagi “Spark” rusumli avtomaşinasi bilan Ötarçi mahallasi hududida ketayotgan vaqtida 5 nafar noma'lum şaxs uni töxtatib, tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, söng bosqinçilar uni ovloq joyga olib borib, avtomaşina salonidan 5 000 AQŞ dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yaşiringanlar.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Past Darğom tumani Ötarçi mahallasida yaşovçilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S. sodir etganliklari aniqlanib, qölga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












